Komil Allamjonov OAV va blogerlarni ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
Allamjonovning ma’lum qilishicha, veb-resurs egasi Internet tarmog‘iga axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligini aniqlagan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Allamjonovning ma’lum qilishicha, veb-resurs egasi Internet tarmog‘iga axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligini aniqlagan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

U amaldagi meyoriy-huquqiy hujjatlarda bunday xatti-harakatlarning ta’rif-tavsifi va ularga belgilangan jazolar aniq ko‘rsatib o‘tilganini eslatib o‘tgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunida: “Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi”, deb belgilangan.

Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Facebook’da soxta profillarni aniqladi

Shuningdek, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda: “Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar, deya qayd etilgan.

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, veb-saytning yoki veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger Internet tarmog‘idagi o‘z veb-resursi orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatishi qat’iy man etilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

SMI na press-konferensii - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalistning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kiritilishi mumkin

Jinoyat kodeksining 140-modaasiga muvofiq esa, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ta’kidlanishicha, nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qilish — eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1-yildan 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, AOKA  Facebook’da Komil Allamjonov sha’niga kamsituvchi sharhlar joylagan soxta profillarni aniqlagani xabar qilingan edi. Agentlik bayonotida aytilishicha, “Ozodlik” radiosi 48 ta soxta akkaunt yordamida AOKA rahbariyatiga qarshi qasddan salbiy axborot kampaniyalarini tarqatgan.

Yangiliklar lentasi
0