AQSh Afg‘onistondan ikki ming askarni olib chiqdi

Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda AQSh qo‘shinlari soni ikki ming kishiga kamaytirdi. Ushbu chora toliblar bilan erishilmagan kelishuvlarga qaramay qabul qilindi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. AQSh Afg‘onistondagi harbiy ishtirokini qisqartirishni boshladi va "Tolibon"* radikal harakati a’zolari bilan kelishuvga erishilmasa ham, ikki ming askarini olib chiqib ketdi. Bu haqda New York Times xabar qildi.

Siluet voorujonnogo boyevika - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari to‘plandi - ekspert

Ushbu ma’lumotni NATOning Afg‘onistondagi missiyasi qo‘mondoni general Ostin Skott Miller tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlari o‘n ikki ming kishiga qisqartirilgan.

Avvalroq, AQSh Markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i general Jozef Votel, AQShning Afg‘onistondagi kontingentini, toliblar bilan tinchlik bitimlariga erishishiga qaramay, kamaytirish niyati borligini e’lon qilgan edi.

Shuningdek, AQSh Mudofaa vaziri Mark Esperning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Afg‘onistondagi harbiylar sonini 8,6 ming kishiga qisqartirishi mumkin.

Shu bilan birga, qisqartirish "Al-Qoida" va "Islom davlati" terrorchilik guruhlariga qarshi aksilterror operatsiyasiga zarar yetkazmaydi deb ishontirdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda AQSh toliblar bilan Afg‘onistonda muzokaralar olib bormoqda. AQSh rasmiylari Qatarda toliblar bilan to‘qqiz raund muzokaralarini o‘tkazishdi. Biroq muzokalar natijalari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida tinchlik bitimi imzolanmadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0