Yo‘lovchi laynerining eng uzoq parvozi rekordi yangilandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolet v nebe
Samolet  v nebe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-Yorkdan Sidneyga uchgan samolyoti 19 soat 14 daqiqa to‘xtovsiz parvozda bo‘lib 16 309 km masofani bosib o‘tdi.

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi eng uzoq parvoz rekordini o‘rnatdi, bu haqida RIA Novosti  FlightAware ma’lumotiga asosan xabar qilmoqda. 

O‘zbekiston havo yo‘llari Indoneziyaga parvoz qila boshladi

Nyu-Yorkdan Sidneyga uchgan Boeing 787-9 samolyoti 19 soat 14 daqiqa to‘xtovsiz parvozda bo‘lib 16 309 km masofani bosib o‘tgan. Samolyot manzilga belgilangan vaqtdan 37 daqiqa kechikib yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi eng uzoq uchgan aviaqatnov rekordi Nyu Arkdan Singapurga parvoz qilgan samolyotgan tegishli edi.U havoda 18 soatu 50 daqiqa bo‘lib 15 345 km masofa uchib o‘tgan.

Insoniyat tarixidagi mutlaq eng uzoq parvoz rekordi 1986-yilda Voyager nomli uchish qurilmasi tomonidan o‘rnatilgan. U 9 kunu 3 daqiqa 44 soniya davomida uzuluksiz parvoz qilib 40 ming km dan uzoq masofa bosib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0