Ogoh bo‘ling, sizni videoga olmoqdamiz – YHXB inspektorlari 1-yanvardan

© MVDV Tashkente proxodat ispitaniya novie bodi kameri
V Tashkente proxodat ispitaniya novie bodi kameri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bodi kameralar har bir qoidabuzarlikni yaqqol ko‘rsatib beradi, shuning uchun YHXB inspektorlarni ham fuqarolarni ham belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

TOShKENT, 20 okt - Sputnik. YHXB inspektorlari 1-yanvardan boshlab avtomobilni to‘xtatganlaridan so‘ng, haydovchini yoniga kelib o‘zini tanishtiradi hamda uni videoga olinayotganini xabar qiladi. Bu haqida muassasa matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Bodi kamera bilan ishlash jarayonida xodim yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borib, o‘zini tanishtiradi va lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot beradi. Haydovchining talabiga ko‘ra ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilib, xizmat guvohnomasini ochiq holda ko‘rsatadi.

Eng muhimi, yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qiladi va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun undagi video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab barcha YHXB xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqta mobil kameradan foydalanishlari majburiy bo‘ladi.

Znak Ostanovka zapreshena - Sputnik O‘zbekiston
“To‘xtash taqiqlangan!” belgisiga amal qilmaganlarni avtomatlashtirilgan kamera aniqlaydi

Ayni damda ushbu bodi kameralarni ishga tushirish jarayoniga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususan, kameralar turli ob-havo sharoitlarida va ko‘rinishlarda, har xil holatlarda hamda vaziyatlarda ishlatib ko‘rilmoqda. Kameradan tashqari, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, dasturiy ta’minot ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Kameralar orqali vaziyatni doimo nazorat qilib turish imkoniyati oshadi. Nazorat kuchaytirilgan joyda esa tartib-intizom bo‘ladi. Kameralar esa har bir holatni oshkora ko‘rsatib beradi. Shu sababli barcha harakat ishtirokchilarini “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy amal qilishga chaqiramiz, deyilgan YHXB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0