“To‘xtash taqiqlangan!” belgisiga amal qilmaganlarni avtomatlashtirilgan kamera aniqlaydi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishZnak "Ostanovka zapreshena"
Znak Ostanovka zapreshena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB 10-iyuldan yirik bozorlar yaqinida to‘xtash qoidalari buzilishini qayd etuvchi kameralar ish boshlashini ma’lum qildi.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Toshkent shahrida joriy yilning 10-iyulidan yirik bozorlar yaqinida to‘xtash qoidalari buzilishini qayd etuvchi kameralar ish boshlaydi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, avtomobilni qoldirish uchun joy qidirish davomida haydovchilar 3.27 belgisini “payqamaslikka” ko‘nikib qolishgan, bu esa poytaxt yo‘llarida tirbandlikka olib kelib, transport va piyodalar harakatiga xalal beradi.

Toshkentda bir hafta ichida 24 ta “to‘xtash ta’qiqlangan” belgilari olib tashlandi

“10 iyul kunidan Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yo‘llar bo‘ylab to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlashadi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanini Toshkent xalqa avtomobil yo‘lining o‘zidayoq 3.27 belgisini mensimaganlarni qayd etishga mo‘ljallangan 4 ta statsionar avtomatlashtirilgan kameralar o‘rnatilgan. Hozirgi vaqtda Abu-Saxiy, Bek To‘pi, Ippodrom, O‘rikzor bozorlari yo‘llarida avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatilgan bo‘lib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

V Moskve na neskolkix ulitsax vveli besplatnuyu nochnuyu parkovku - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda avtomatik jarima to‘lash tizimini kiritishga hali erta – ekspert

O‘rnatilgan kameralar 360 gradusga o‘girila oladi. Avtomobil mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtagach, videokamera avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va “qoidabuzar”-avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Ma’lumotlar onlayn-tarzda bazaga yo‘naltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy ta’minot jarima solish bo‘yicha Qarorni shakllantirib uni “O‘zbekiston pochtasi” AJga qoidabuzarga jo‘natish uchun yo‘llaydi.

Xatda jarimani 60 kunlik muddat ichida to‘lash zarurligi, ushbu muddat tugagach tizim xatga biriktirilgan kvitansiyani avtomatik tarzda to‘sib qo‘yib, jarima to‘lanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro burosiga (MIB) jo‘natishi ma’lum qilinadi. MIB, o‘z navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylashtirilgan mulkka taqiq qo‘yadi.

Ushbu sanksiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelishuvlarini olib borishga yo‘l qo‘ymaydi. YHQni buzganlik uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamaslik ham qo‘shimcha moddiy harajatlarga olib keladi. 

Toshkent ko‘chalarida 25-martdan yana bir qoida kuchga kirdi - IIBB

“Bundan tashqari, kamera qoidabuzarlikni qayd etib uni Markazga yo‘llaganidan keyin, to‘lov muddati davomida sizga nisbatan bir qator cheklovlar o‘rnatiladi. Xususan, sizda mashinani IIBB YHXB tumanlararo bo‘linmalarida texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoki boshqa fuqaroning nomiga rasmiylashtirish imkoni bo‘lmaydi. Ushbu cheklov bo‘lajak xaridorni «qarzdor» mashina sotib olib qo‘yishda himoya qiladi”, - deya ta’kidlangan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 3.27 belgisi ostida avtomobilni to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0