Madaniy me’ros obyektlari 30-yilgacha foydalanishga berilishi mumkin

© Mixail GenisTorgovlya suvenirami dlya turistov
Torgovlya suvenirami dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘sh turgan madaniy me’ros obyektlari jismoniy va yuridik shaxslarga savdo, internet va ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish uchun ijaraga berilishi mumkin.

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Moddiy madaniy me’ros obyektlari 5-yildan 30-yilgacha foydalanishga berilishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston Hukumatining 18-oktabrda imzolangan 881-sonli nizomda aytib o‘tilgan.

Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston
Buldozerlar ostida qolgan madaniy me’ros – OAV

Nizomga muvofiq, balansida davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyekti bo‘lgan yuridik shaxslar undan foydalanish bo‘yicha har yili Madaniy meros departamentiga taklif kiritadi. Departament taklifni o‘rganib chiqqanidan keyin tegishli xulosa qiqaradi va uni sayt orqali e’lon qiladi.

Doimiy va davriy ravishda diniy urf-odat va marosimlar o‘tkazib turiladigan obyektdan foydalanish maqsadlari va shartlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishiladi.

Shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar bo‘sh turgan obyektni foydalanishga berish taklifi bilan chiqishi mumkin va moddiy madaniy me’ros obyektlari savdo, internet va ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish uchun ijaraga berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0