Hofiz Sherali Jo‘rayev katta sahnaga qaytapti

© SputnikMuxlis Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘ini tinglamoqda
Muxlis Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘ini tinglamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqimiz suygan hofiz Sherali Jo‘rayevning katta sahnaga qaytayotgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni "yorib" yubordi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bu haqda birinchi bo‘lib shoir Muhammad Ismoil o‘zining facebook ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qilgan.

O‘zbek estradasiga nazar: zamonaviy qo‘shiqlar haqida luqmalar
"Keyingi soatlarda yaxshi-yaxshi xushxabarlar qulog‘imga chalinyapti: "Navoiy" mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq artisti, san’atimiz Qiroli Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti Yulduzxonim Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, do‘stimiz Obidjon Asomovlar yana katta sahnamizga qaytishayotgan ekanlar. Iloho, eshitganlarim rost bo‘lsin! San’atimiz osmonida porlab turgan bu yulduzlar jonajon xalqimizga xizmat qilishdan, go‘zal qo‘shiqlarni armug‘on etishdan hech qachon tolmasinlar, ming yillik o‘zbek san’ati dovrug‘ini yana butun olamga yoyaversinlar! Biz sizlarni sevamiz, biz sizlarni sog‘inganmiz, biz sizlarni intizor kutmoqdamiz", — deb yozgan Muhammad Ismoil.

Bu xushxabardan so‘ng 1993-yildan beri katta sahnalarda umuman ko‘rinish bermagan hofiz uyida haqiqiy bayram boshlandi, hofiz tez orada konsert berishga tayyorgarlik ko‘rayotganmish", deb aytdi ismi sir tutilishini xohlagan manba.

Bu gap qanchalik haqiqatga yaqinligini bilish maqsadida "O‘zbeknavo" estrada birlashmasiga qo‘ng‘iroq qildik.

"Siz yuqorida sanab o‘tgan barcha san’atkorlarning, shu jumladan Sherali Jo‘rayev ham oldindan litsenziyaga ega. "O‘zbeknavo" hech qachon "zapret" qo‘ymaydi. Konsert-tomosha faoliyatini yuritish uchun esa, Vazirlar Mahkamasining 354-son qarori chiqqan, shu qarorga asosan har bir konsert tashkilotchisi konsert tashkillatirish uchun bizga ariza bilan rasman murojaat qiladi. Yuqoridagi san’atkorlarning hech biri shu paytgacha konsert o‘tkazish istagi bilan birlashmaga murojaat qilmagan", — deb xabar qildi Sputnik nashriga birlashma vakili.

Yangiliklar lentasi
0