Sankt-Peterburgda ommaviy reyddan so‘ng yuzlab migrantlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAntiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii
Antiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgdagi reyd davomida, OAV xabarlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodan yuzlab migrantlar qo‘ga olingan

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Sankt-Peterburgda ommaviy reydlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv davomida migrantlar to‘planadigan 15ga yaqin joylarda bo‘lishgan, shu jumladan, "Narodniy" universamida, Sennoy va Apraksin bozorlarida.

Politseyskiy patrul - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar ishtirokida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda bir kishi halok bo‘ldi

Operatsiyaga jami ikki yuzga yaqin IIV va Rosgvardiya xodimlari jalb etilgan.

Regional OAV xabarlariga ko‘ra, reyd davomida yuzlab chet elliklar qo‘lga olingan. Ularning bir qismi Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan, yana bir qismining hujjatlar va propiska masalalalarida muammolari bo‘lgan, yana bir qismi tergov tadbirlari uchun qo‘lga olingan.

Huquqni muhofaza qilish organlari shaharda yuz bergan va ikki nafar tojikistonlik migrant jarohatlangan qurolli mojaroga shu tariqa munosabat bildirmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mojaroning 12 ishtirokchisi qo‘lga olingan, tergovchilar yana 40 nafar kishini qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-oktabr kuni Apraksin bozoriga yaqin uylardan birida ommaviy mushtlashuv yuz bergan: guvohlar politsiyaga mojaro ishtirokchilari qurollanganligi haqida xabar berishgan, hatto o‘q ovozlari eshitilgan.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar diasporasi o‘rtasida maishiy sabablar tufayli janjal ro‘y bergan.

Hodisadan so‘ng, huquq-tartibot organlari migrantlar yashaydigan qator manzillar bo‘ylab qidiruv ishlarini o‘tkazganlar.

Yangiliklar lentasi
0