TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Moskva shahrida “Elektrozavodskaya” stansiya metrosi yaqinida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “MK” nashri xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, pichoqbozlik oqibatida O‘rta Osiyo millatiga mansub migrant halok bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xabar qilishicha, migrantlar mast holatda o‘zaro janjallashishgan.
Mushtlashuvda 4 kishi ishtirok etgani taxmin qilinmoqda. Ulardan uch nafari turli jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, yana biri esa olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Tergovchilar hodisa joyini ko‘zdan kechirib, janjalning barcha ishtirokchilarini aniqlashmoqda.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.