Toshkendan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozonda shoshilinch qo‘ndi

© Sputnik / StringerDreamliner uzbekskix avialiniy
Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchi salomatligi yomonlashgani tufayli O‘XYning Sankt-Peterburgga uchgan samolyoti Qozonda shoshilinch qo‘ndi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llarining Toshkentdan Sankt-Peterburgga HY-633 sonli parvoz yo‘nalishiga favqulodda o‘zgarish kiritildi, deb xabar qilmoqda Milliy aviakompaniya.   

“Parvoz davomida yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sababli, komandir havo kemasini eng yaqin bo‘lgan Qozon shahridagi aeroportga qo‘ndirishga qaror qildi”, - deyilgan xabarda.

Aviakompaniyamiz tomonidan kechikish vaqtini qisqartirish uchun barcha choralar ko‘riladi. Parvoz Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bilan soat 13:40 da yetib borish ko‘zda tutilmoqda, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2 kun oldin O‘zbekiston Havo yo‘llarining Moskvadan uchgan samolyoti Samaraga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. Shuningdek, kecha ertalab Aeroflot kompaniyasining Hindistondan uchib kelayotgan parvozi ham, yo‘lovchi sog‘ligi yomonlashgani tufayli Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0