"Milliy tiklanish" janjalkash deputatni nomzodlar tarkibidan chiqardi

© FbDeputat Kabul Dusov
Deputat Kabul Dusov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, Kabul Dusov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan qator postlardan keyin jamoatchilik orasida mashhur bo‘lib ketgan edi

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Deputat Kabul Dusov O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tarkibidan chiqariladi, deya rasmiy bayonot berdi partiya Markaziy kengashi axborot xizmati.

Deputat Kabul Dusov  - Sputnik O‘zbekiston
Deputat Qobul Do‘sov Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashdi

Bayonotda aytilishicha, Dusov partiya obro‘siga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatmoqdayu Partiya nizomiga amal qilmayapti. Shu bois, Dusov 2019-yil 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdagi Syezdida e’lon qilinadigan xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatiladigan nomzodlar tarkibidan chiqariladi, deyiladi partiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Kabul Dusov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan qator postlardan keyin jamoatchilik orasida mashhur bo‘lib ketgan edi.

Uning ayollar davlat boshqaruvida ishtirok etishi kerak emasligi haqidagi fikrlari ayniqsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchragan edi.

Yangiliklar lentasi
0