Germaniyada NATO maxfiy o‘quvlari boshlandi

© Sputnik / Aleksey VitviskiySamolyoti F-16
Samolyoti F-16 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GFR harbiy-havo kuchlari o‘quvlarda Panavia Tornado qiruvchi-bombardimonlariga ega 33-aviatsiya-eskadrasi ishga solgan. Ular Reynland-Pfals federal yerida joylashtirilgan.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Germaniyada NATO bo‘yicha sheriklar hamkorlikdagi maxfiy o‘quvlarni o‘tkazmoqda. Harbiy mashg‘ulotlar atom urushi boshlanishi ssenariysini nazarda tutadi, deb xabar qildi Kronen Zeitung nashri.

Daryo - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi yadro urushi suv sababli boshlanishi mumkin

Nashr xabariga ko‘ra, "Steadfast Noon" (Barqaror peshin) nomini olgan manyovrlar shu hafta boshlangan. Ularda samolyotlarda yadro qurolini xavfsiz transportirovka qilish mashqlari yaxshilab o‘rganilgan.

GFR harbiy-havo kuchlari o‘quvlarda Panavia Tornado qiruvchi-bombardimonlariga ega 33-aviatsiya-eskadrasi ishga solgan. Ular Reynland-Pfals federal yerida joylashtirilgan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda avvalgidek B61 tipdagi amerika yadroviy boyegolovkalari saqlanib kelinadi.

Sal oldin, Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov jahondagi strategik stabillik sohasidagi vaziyat tobora yomonlashayotgani, garchi tomonlarda bunga xohish bo‘lmasa-da, yadro urushi boshlanishi xavfi yuzaga kelgani haqida gapirgan edi.

NATO narashivayet sili v Yevrope: voyennaya texnika pribila v port Flissingen - Sputnik O‘zbekiston
NATO Yevropada o‘z kuchini mustahkamlamoqda: harbiy texnika Flissingenga olib kelindi

Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Xalqaro xavfsizlik markazi rahbari, akademik Aleksey Arbatov yadro urushi qanday boshlanishi mumkinligi haqida o‘z taxminlari bilan bo‘lishdi. Arbatovga ko‘ra, AQSh va Rossiya o‘rtasida yadroviy urush yolg‘on "trevoga" yoki mahalliy darajadagi mojaroning ziddiy tus olishi singari ssenariylar asosida yuz berishi mumkin.

Shuningdek, BMT bosh kotibining qurolsizlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Idzumi Nakamitsu ham yaqinda yadro urushi xatarlari oshayotganini, dunyodagi vaziyat tobora xavfli tus olayotgani haqida bayonot bilan chiqdi. Nakamitsu mamlakatlar o‘rtasida ishonch yetishmasligi, muloqot tanqisligi, ilm-fan va yangi texnologiyalarning shiddat ila rivojlanishi "qiyomat kuni"ni yaqinlashtirmoqda, deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0