O‘zbekiston kubogi turnirida mushtlashgan hakamlar trenerlikdan chetlashtirildi

Obuna bo‘lish
16 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida hakamlar o‘rtasida musobaqa yakuniy natijasi yuzasidan o‘zaro tortishuv kelib chiqqan

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasida o‘zaro mushtlashgan hakamlarga qat’iy jazo choralari qo‘llanildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sprava - Amit (Indiya), Shaxobid Zotrov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 52 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi yana bir bor dunyoda birinchi bo‘ldi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, musobaqa hakami Azizbek Bo‘riyev, Toshkent viloyati "Chempion" karate sport klubi treneri Dilshod Yusupov hamda Surxondaryo viloyati karate milliy federatsiyasi treneri Abdulaziz Ismatullayevlar o‘rtasida musobaqa yakuniy natijasi yuzasidan o‘zaro tortishuv kelib chiqqan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda katta janjal yuz bergani, tartibsizlik yuzaga kelgani aks ettirilgan.

Videoni suratga olgan shaxs hakamlar bir-birlarining yuzlariga zarba berishi oqibatida, ularning burunlari qonab ketganligini aytib o‘tadi.

Sport vazirligi rasmiy axborotiga ko‘ra, mazkur kelishmovchilik oqibatida biron bir shaxs tan jarohati olmagan. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi rayosati yuqoridagi sport mutaxassislariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinladi.

Tekshiruv yakuni yuzasidan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi hakami Bo‘riyev A.E.ni ikki yilga hakamlik ish faoliyatidan chetlashtirish, Surxondaryo viloyat karate milliy federatsiyasi treneri Ismatullayev A.I.ni uch yilga va Toshkent viloyati “Chempion” karate sport klubi treneri Yusupov D.M.ni ikki yilga trenerlik faoliyatidan chetlashtirish haqida qaror qabul qilindi.

Musobaqa bosh hakami Qoraboyev Qosimjon Hoshimovichga esa hayfsan e’lon qilindi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holat ishtirokchisi, karate bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi katta treneri hamda oliy toifali trener Bo‘riyev Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra ma’naviy-axloqiy va boshqa normalarni buzganligi sababli milliy terma jamoa tarkibidan chiqarildi.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0