Turkiy tilli mamlakatlar Yevroosiyoga qo‘shilgani ma’qul – ozarbayjonlik siyosatshunos

© Sputnik / Murad Orujov Nazaket Mamedova – politolog
Nazaket Mamedova – politolog - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atlantizm hozirda chuqur inqiroz girdobida. Bunday vaziyatda Yevroosiyo loyihasi qayta tiklanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston ushbu yil Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashiga a’zo bo‘ldi. Tashkilotning asosiy maqsadi – ushbu mamlakatlar o‘rtasida hartomonlama sheriklikni rivoj toptirish.

O‘zbekiston Turkiy Kengashga nega a’zo bo‘ldi?

“Turkiy mamlakatlar umumiy ildizlarga, til, madaniyat va tarixiy o‘tmishga ega. Bu esa gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat hamdir. Integratsiya alomatlarini allaqachon kuzatib turibmiz va bu jarayon muvaffaqiyatli kechayotganligini ham qayd etish kerak”, - dedi siyosatshunos Nazaket Mamedova Sputnik bilan suhbati davomida.

Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev iqtisodchi sifatida YeOII foydasi va xatarini tushunadi - Matviyenko

Uning so‘zlariga qaraganda, G‘arbning o‘zida ham atlantizm chuqur inqirozni boshdan kechirayotgani tan olinmoqda.

Qolaversa, hech kimga sir emas, Yevropaning ichida ixtilof shakllanib bo‘lgan va bunday vaziyatda Yevroosiyo loyihasi qayta tiklanishi uchun barcha sharoitlar mavjud, deya qo‘shimcha qildi Mamedova. Turkiy tilli mamlakatlar buning uchun zarur imkoniyatlarga, tarixiy negiz va barcha asoslarga ega. “O‘ylashimcha, Yevroosiyo ittifoqi doirasida birlashish Ozarbayjon va boshqa turkiy tilli mamlakatlar uchun hozirda eng maqbul variantdir”, - so‘ziga yakun yasadi mutaxassis.

Glazyev: YeOII O‘zbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

Bir necha vaqt ilgari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov respublikaning Turkiy kengash a’zolari bilan o‘zaro aloqasi tamoman mantiqiy va manfaatli strategiyaga asoslanishini qayd etgandi. U tarix, an’analar, madaniyat, til kabilardagi umumiylik hamda savdo-iqtisodiy va transport hamda ta’lim sohalarida yanada samarali hamkorlikni o‘z ichiga olgan pragmatik manfaatning mavjudligini bunday birdamlikka asoslar qatorida keltirib o‘tgan edi.

Nazaket Mamedova: yevraziystvo – bolee priyemlemiy variant dlya turkoyazichnix stran
Yangiliklar lentasi
0