Rossiyaning qaysi mintaqasida migrantlar uchun eng qimmat patent joriy etilgan?

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Patentga ega bo‘lish Rossiyaga vizasiz tartibda kelgan chet el fuqarolariga tanlangan mintaqa hududida ishlash huquqini beradi.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. 2018  yilda Rossiyaning Uzoq Sharq va shimoliy mintaqalarida mehnat migrantlari uchun patentning maksimal narxi belgilangan.

Patentga ega bo‘lish Rossiyaga vizasiz tartibda kelgan chet el fuqarolariga tanlangan mintaqa hududida ishlash huquqini beradi.

“2018 yilda migrantlar uchun patentning eng yuqori narxi Uzoq Sharq va shimoliy mintaqalarda belgilangan. Shu bilan birga, Rossiyaning barcha mintaqalari orasida patentning o‘rtacha narxi 3,9 ming rublni tashkil etadi”, - deya yozadi RIA Novosti.

Vozvrashenie trudovix migrantov iz Uzbekistana na rodinu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya migratsiya markazlari ochilishi mumkin

Yoqutistonda ishlamoqchi bo‘lganlar patent uchun oyiga 9,1 ming rubl, Yamalo-Nenesk avtonom okrugida 8,4 ming rubl, Nenes avtonom okrugida 7,9 ming rubl, Kamchatka o‘lkasida 5,6 ming rubl to‘lashlari lozim.

Ta’kidlanishicha, Moskva, Novosibirsk viloyati, Sankt-Peterburg, Komi Respublikasi, Xanti-Mansiysk AO – Yugrada patent uchun belgilangan belgilangan narx mintaqadagi migrantlarning o‘rtacha ish haqiga mos keladi.

O‘zbekistonda mehnat migrantlariga uy beriladi

Eslatib o‘tamiz, avalroq joriy yilning dastlabki to‘rt oyi mobaynida Moskva shahrida mehnat migrantlari patentlari to‘lovidan olingan daromad qariyb 5,6 milliard rublni tashkil qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0