Eng foydali quritilgan meva – parhezshunos-shifokor maslahati

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke
Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parhezshunos-shifokor Yelena Solomatina quritilgan mevalar foydasi haqida aytib, ularni qanday tanlash kerakligini tushuntirib berdi.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Parhezshunos-shifokor Yelena Solomatina quritilgan mevalar foydasi haqida aytib, ularni qanday tanlash kerakligini tushuntirib berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Rospotrebnadzor eng foydali yong‘oqlarni aniqladi

Mutaxassis quritilgan mevalarni "konsentrat" deb atadi, chunki ular tarkibida yangi mevalarga qaraganda ko‘proq vitaminlar va boshqa foydali elementlar mavjud. Biroq ularda shakar miqdori ancha yuqori. Shuning uchun ularni meyorida iste’mol qilish kerak.

Shifokor eng foydali qora olxo‘ri va mayiz ekanligini aytdi.

Solomatina quritilgan mevalarda magniy va kaliyning yuqori miqdori borligini ta’kidlab o‘tdi. Mayiz tanadan ortiqcha suyuqlikni chiqarishga yordam beradi va qon tomirlarini mustahkamlaydi.

“Ularda juda ko‘p antioksidantlar mavjud, antosiyaninlar va polifenollarga boy, qarishni to‘xtatadi va yurak-qon tomir tizimini davolaydi, ko‘zlarga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ammo shuni esda tutishimiz kerakki, mayiz barcha boshqa quritilgan mevalarga qaraganda ko‘proq shakarga ega. Qora olxo‘ri – ich bo‘shatadi, turshak – peshob haydaydi. Olmalarda juda ko‘p kaliy bor. Anjir bioprosesslarni barqarorlashtiradi”, - deydi Solomatina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, quritilgan mevalardan kompot pishirishning hojati yo‘q, lekin iste’mol qilishdan avval issiq bo‘lmagan suvda yuvish kerak.

Shifokor, shuningdek, mahsulotlarning tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratdi: haddin ziyod “chiroyli” bo‘lgan  turshak, xurmo va olxo‘rilarni sotib olish kerak emas.

Bu juda yorqin va yaltiroq quritilgan mevalarga ham taalluqli. Bunday belgilar mahsulot oltingugurt, parafin yoki moy bilan ishlov berilgan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0