Rospotrebnadzor eng foydali yong‘oqlarni aniqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor inson organizmi uchun eng foydali yong‘oqlar deb - keshyu, funduk, oddiy yong‘oq, araxis, kedr yong‘og‘i va bodomni atadi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Rossiya Iste’molchilar nazorati (Rospotrebnadzor) eng foydali yong‘oqlarni aniqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rospotrebnadzor o‘tkazgan tekshiruv natijadariga ko‘ra, eng foydali yong‘oqlar ro‘yxatiga keshyu, funduk, oddiy yong‘oq, araxis, kedr yong‘og‘i va bodom kiradi.

“Yong‘oqni haftasiga bir-ikki marotaba iste’mol qilish kerak. Bir martalik iste’mol miqdori o‘rtacha - 35 gramm. Yong‘oqni odatda kishilar o‘rganib qolgan, non yoki musli bilan birgalikda iste’mol qilish foydali bo‘lmaydi. Bu organizmda aminokislotalar disbalansiga olib kelishi mumkin. Yong‘oqni sut, go‘sht, sutli kasha va desertlar bilan iste’mol qilish foydali”, - deyilgan xabarda.

Rospotrebnador aniqlashiga ko‘ra, yuqorida keltirilgan mahsulotlarda inson uchun kerakli bo‘lgan kaliy, magniy, kalsiy, fosfor, temir, selen, marganes, molibden, nikel, kobalt, V1, V2, RR, E vitaminlari, Omega-3 kabi yog‘li kislotalar bor.

Shu bilan bir vaqtda, yong‘oq yuqori kaloriyali mahsulot ekanligini ham unutmaslik kerak.

Diyetolog maslahati

Diyetolog shifokorlar fikriga ko‘ra, doimiy ravishda yong‘oq iste’mol qiladigan kishilarda, koronar yetishmovchilik kasalligi xavfi, qonda xolesterin ko‘payishi xavfi va qandli diabet rivojlanish xavfi – kamayadi.

Yong‘oq daraxtlaridan hosil yig‘ishtirish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi tog‘oldi hududlarda yong‘oq plantatsiyalari tashkil etiladi

Keshyu iste’mol qilgan kishilarda oqsil va yog‘ kislotalari almashinuvi, xolesterin miqdori va immunitet yaxshilanadi. Funduk esa saraton kasalligini oldini oladi. Oddiy yong‘oq - qonda xolesterin miqdorini kamaytirib, tomirlar mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Yerong‘oq tarkibidagi araxis organizm qarishini oldini oladi.

Kerdr yong‘og‘i ayollar organizmiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, yosh bolalari onalarda sut miqdorini ko‘paytiradi hamda teri kasalliklarini oldini oladi. Bodom esa – yaxshi antidepressant bo‘lib, organizmda uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi, oriqlashga yordam beradi va ichaklar faoliyatini yaxshilaydi.

Yangiliklar lentasi
0