TOShKENT, 15 okt – Sputnik. AQSh harbiylari Suriyaning shimoliy-g‘arbidagi Manbij tumani Dadat aholi punktida joylashgan bazalarni tark etdi va Suriya va Iroq chegarasi tomon yo‘l oldi. Bu haqda RIA Novosti mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Hozirgi vaqtda Suriya hukumat qo‘shinlari Dadat va Umm-Mialga kirishdi”, - deyilgan xabarda.
Manbij – Suriya shimolidagi Aleppo viloyatidagi katta shahar hisoblanadi. Shu vaqtgacha shaharni AQSh harbiylari patrul qilgan, shahar kurdlar nazorati ostida bo‘lgan.
Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an bu borada turk armiyasi Manbijni "o‘zining haqiqiy arab xo‘jayinlariga" berishni rejalashtirayotganini bildirdi.
Suriya televideniyasi hukumat qo‘shinlari shaharga kirib borganini e’lon qildi.