TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Bugun 11 nafar o‘zbekistonlik bokschilari Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
BAAning Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati final janglari tashkil etildi.
O‘zbekistonlik bokschilari 8 ta oltin va 3 ta kumush medal qo‘lga kiritishdi.
O‘g‘il bollar: 57 kg vaznli Bilolbek Ixvolov finalda Yerasil Yermekka imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.
60 kg vaznli Bekzod Bekmurodov qozog‘istonlik Abzal Serikka qarshi jang qildi va 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
63 kg vazn toifasidagi Azizbek Tojiyev hindistonlik Yogesh Kagrani mag‘lubiyatga uchratdi va Osiyo chempioniga aylandi.
70 kg vaznli Login Petrov Osiyo chempionati finalida hindistonlik Rahuldan ustun keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
75 kg vazn toifasidagi sportchi Nusratbek Tohirov xitoylik Pu Yangni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal sohibiga aylandi.
+80 kg vazn toifasidagi bokschi Jahongir Zokirov qirg‘izistonlik raqibi Argen Baktibekovni nokautga uchratdi va Osiyo chempioniga aylandi.
Qizlar o‘rtasida 50 kg vazn toifasida Feruza Kazakova xitoylik raqibasi Lanping Dengni mag‘lub etdi va Osiyo chempioniga aylandi.
48 kg vaznli Sabina Boboqulova hindistonlik raqibasi Tamannadan ustun keldi va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
52 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova hindistonlik Tannuni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal sohibasiga aylandi.
60 kg vaznli Mohira Ahmedova hindistonlik raqibasi Priti Dahiyaga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.
63 kg vaznli Aziza Zokirova hindistonlik Hushini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar musobaqa yakuniga ko‘ra 20 ta medal qo‘lga kiritishdi. Ularning 8 tasi oltin, 3 tasi kumush va 9 tasi bronza medallaridir. Ushbu natija orqali O‘zbekiston bokschilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.