TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Turkiya qurolli kuchlari taqiqlangan va kimiyoviy qurolga ega emas, biroq Anqarada Suriyada kurdlar provokatsiya maqsadida bunday quroldan foydalanayotgani haqida ma’lumot mavjud. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari Hulusi Akar xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Avvalroq Suriyadagi kurdlar muxtor ma’muriyati matbuot xizmati Turkiya qurolli kuchlari mamlakat shimolida harbiy operatsiya paytida taqiqlangan oq fosfor va napalmdan foydalangani haqida xabar qildi.
"Arsenalimizda kimoviy va taqiqlangan qurol yo‘q. Biroq bizda terrorchilik tashkilot bunday quroldan foydalanayotgani haqida ma’lumot bor, aybni esa bizga ag‘darishga harakat qilishmoqda, yolg‘on xabarlar bilan Turkiyaga soya solishmoqchi", - deb Akarning so‘zlarini keltiradi NTV kanali.
Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an 9-oktabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi boshlanishi haqida e’lon qilgandi.
Turkiya aviatsiyasi shu kunning o‘zida Ras el-Ayn shahri va Suriyaning boshqa shaharlariga zarba berdi.
Keyinchalik amaliyotning yerdagi qismi boshlandi.
Shanba kuni Turkiya Mudofaa vazirligi turk harbiy kuchlari va Suriya qurolli muxolifati Ras al-Aynni va Tell Abad shahrlarini nazoratga oliganini ma’lum qildi.