Rossiya IIV deport qilingan migrantlar sonini ochiqladi

© Sputnik / Andrey SteninZaderjannie migranti vo vremya reyda politsii
Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Ichki ishlar vazirligi shu yil o‘tgan davr mobaynida deport bo‘lgan nolegal migrantlar soni haqida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya IIV xodimlari tomonidan shu yil o‘tgan davr mobaynida migratsiya qonunchiligini buzgan 2,5 ming kishi deportatsiya qilindi, deb ma’lum qildi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy.

Straxovoy polis - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlarga deportatsiyadan sug‘urta taklif etildi

“Yil boshidan migratsiya qonunchiligi buzilishi uchun 30 mingdan ortiq chet ellik javobgarlikka tortildi, 2,5 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborildi”, - dedi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Rossiya fuqaroligini berish haqida 20 tadan ortiq arizalarga rad javobi berildi.

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2020-yilda chet el fuqarolari uchun ishlashga ruxsatnomalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qildi: 150 ming dona  ruxsatnoma berilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputatlari noqonuniy migratsiya kanallarini tashkil qilganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladilar.

Endi noqonuniy migratsiya kanali yoki jinoyatda yordam berganlik uchun bu ishda ishtirok etgan mansabdor shaxslar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0