Rossiyada migrantlarga deportatsiyadan sug‘urta taklif etildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStraxovoy polis
Straxovoy polis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi migrantlarni deportatsiyadan majburiy sug‘urta qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Rossiyaga kirishda migrantlar deportatsiya yoki mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborishdan majburiy sug‘urta qilish tartibi joriy etilishi mumkin. "Parlamentskaya gazeta" xabar qildi.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

Davlat dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mita 15-oktabrda qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.

Tashabbus mualliflari fikriga ko‘ra, bu hujjat migrantlar uchun majburiy hujjatlar to‘plamiga kiradi.

Sug‘urta muddati 270 kunni tashkil etadi – bu xorijiy fuqaro Rossiyada qoshi mumkin bo‘lgan eng ko‘p muddat.

Majburiy sug‘urta migrantlar va mamlakat bujdetiga yordam beradi: ya’ni Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgan chet ellik ishchilar yo‘qolgan ish haqini qisman qoplaydi, davlatga esa federal budjetdan deportatsiya qilish xarajatlarini kamaytiradi.

Hozirgi vaqtda chet el fuqarolarini ekstraditsiya qilish asosan Rossiya hisobiga amalga oshirilmoqda va muhojirlarning 40 foizi o‘zining yoki taklif etuvchi tomon mablag‘i hisobidan mamlakatni tark etishmoqda.

Biroq, Rossiya Federatsiyasi hukumatida ushbu taklifga salbiy baho berildi.

Davlat idorasi vakillarining ta’kidlashicha, Fuqarolik kodeksiga muvofiq noqonuniy manfaatlarni sug‘urta qilishga yo‘l qo‘yilmaydi va sug‘urta tizimida bunday band mavjud emas.

Yangiliklar lentasi
0