Erdo‘g‘on NATOga Turkiya yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya terrorchilik tashkiloti tahdidiga duch keldi, NATO mamlakatga esa zarur ko‘mak bermayapti.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on NATO uning mamlakatiga zarur ko‘mak bermayotganligini aytib, alyansga Anqara yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Voyennie v mashine na granitse Tursii i Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Turk harbiylari 525 nafar kurd jangarisini zararsizlantirdi

“Biz NATO a’zolari, beshinchi modda bor (nizom, bu alyansning a’zolardan biriga hujum qilinganda barcha a’zolardan javob qaytarishni nazarda tutadi) biz terrorchilik tashkiloti tahdidiga duch keldik. Beshinchi moddaga asosan NATO biz bilan bo‘lishi kerak. Sizlar biz bilan yoki terroristlar bilan? Ular aniq javob bermayapti”, - deb ta’kidladi Turkiya yetakchisi jurnalistlarga.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘y berayotgan voqealar Turkiya NATOdagi yagona musulmon mamlakat ekanligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Erdo‘g‘on telefon orqali suhbatlashgan Germaniya kansleri Angela Merkel va Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson "yolg‘on ma’lumotlarning jiddiy bosimi ostida" ekanligini aytdi.

“Tinchlik bo‘log‘i”

Turkiya yetakchisi 9-oktabrda Suriya shimolida Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi va “IShID”* terrorchilik uyushmasiga qarshi “Tinchlik bo‘log‘i” harbiy amaliyot boshlanishi haqida aytgandi.

Turkiya aviatsiyasi shu kunning o‘zida Ras al-Ayn shahriga zarba berdi.

Keyinchalik amaliyotning yer usti qismi boshlandi. Turkiya mudofaa vazirligi shanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, turk harbiylari va Suriya quroli muxolifat kuchlari Ras al-Ayn shahrini, yakshanba kuni Tell-Abad shahri nazorat ostiga olinganini xabar berdi.  

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0