"O‘zbekkonsert" Jahongir Otajonovni to‘ylarda litsenziyasiz kuylash xatari haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
"O‘zbekkonsert" xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi nega olib qo‘yilganini batafsil tushuntirib, xonandani konsert-tomosha, to‘y-yubiley va boshqa tantanalarda litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tgan

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonanda Jahongir Otajonov atrofida ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan qizg‘in muhokamalardan so‘ng xonanda litsenziyasi nega olib qo‘yilgani xususida kengroq to‘xtalishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shou, dengi, svadba: Jagongir Otanjonov porazil publiku - video - Sputnik O‘zbekiston
To‘yda Jahongir Otajonov pul yomg‘iri ostida qoldi - video

Eslatib o‘tamiz, 14-oktabr kuni "O‘zbekkonsert" xonanda Jahongir Otajonovni litsenziyadan mahrum qilgan edi. OAVlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, xonandaning litsenziyadan mahrum etilishiga uning dollar yomg‘irida "cho‘milgani" sabab bo‘lgan. Otajonov bilan bog‘liq bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kimdir xonanda qo‘shiqlarni jonli ijro etishini ta’kidlab, uning litsenziyasi olib qo‘yilganidan afsusdaligini bildirgan bo‘lsa, yana kimdir san’atkorning xulqiga munosib ish bo‘lganini aytgan va "O‘zbekkonsert" qarori to‘g‘riligini qo‘shimcha qilgan edi.

"O‘zbekkonsert" rasmiy bayonotiga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ayrim san’atkorlarning yurish-turishi, kiyinish va muomala madaniyatida milliy mentalitetga yot bo‘lgan holatlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

"Xonandalarda xulq odobi birlamchi bo‘lmas ekan, har qanday iste’dod va mahoratli ijro ham ikkinchi darajali bo‘lib qolaveradi. Xonandalar xalq nazaridagi inson, ularga yoshlar ergashadi, andoza oladi. ... Co‘nggi vaqtlarda Jaxongir Otajonov ana shunday mas’uliyatni biroz unutib qo‘ydi", - deyiladi bayonotda.

Mikrofon dlya vistupleniy - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkonsert” Rayhon, Tohir Sodiqov va boshqa xonandalarni ogohlantirdi

Ta’kidlanishicha, 2019-yil 9-oktabr kuni "O‘zbekiston" telekanali orqali efirga uzatilgan "Munosabat" tok-shousining oilaviy tadbirlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qaror ijrosiga bag‘ishlangan sonida studiya monitorida to‘ylardan olingan lavhalar ko‘rsatilgan va muhokama qilingan.

Lavhalarning birida xonanda Jahongir Otajonov bilan bog‘liq tasvirlar ham aks etgan bo‘lib, ishtirokchilar bunga salbiy munosabat bildirishgan. Ko‘rsatuvdan so‘ng OAVlarda "Jamoatchilik xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini olib qo‘yishni talab qilyapti" mavzusida maqola e’lon qilingan. Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan.

"...xonanda Jahongir Otajonov jamoatchilik e’tirozidan to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘rniga, ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qildi va "Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring, agar shu bilan madaniyatli bo‘lsalaring. Man xursand bo‘laman... xalq madaniyatli bo‘lib ketib qolsa shu bilan..." qabilida fikrlarni bildirdi. Xonandaning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoq orqali yoshlar orasida va jamoatchilik o‘rtasida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmadi. Xonanda o‘zining ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib,  <...> J.Otajonovning litsenziyasi 2019-yil 14-oktabr kunidan tugatildi. Shu o‘rinda xonanda J. Otajonovga konsert-tomosha, to‘y-yubiley va boshqa tantanalarda litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz", - deyiladi "O‘zbekkonsert" bayonotida.

Muassasa barcha san’at ahlini ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga zid turli xil bema’ni so‘zlarni tarqatmaslik, jamoatchilik o‘rtasida san’atkorlarga nisbatan noo‘rin munosabat shakllantirilishiga yo‘l qo‘ymasliklari borasida ogohlantirgan.

Yangiliklar lentasi
0