Olimlar ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish haqida tavsiyalar berishdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBlyuda
Blyuda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, inson kuniga besh-olti marta ovqatlanishi kerak va ovqatlanish orasidagi tanaffus uch soatdan oshmasligi kerak.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Federal ovqatlanish va biotexnologiya tadqiqot markazi ekspertlari ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish kerakligi xususida tavsiyalar berishdi. RT xabariga asosan.

Proxladitelnie napitki - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar erta o‘lim xavfini oshiradigan ichimliklarni aniqladi

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, inson kuniga besh-olti marta ovqatlanishi kerak va ovqatlanish orasidagi tanaffus uch soatdan oshmasligi kerak.

Uzoq vaqt oraliqda oshqozon devorlari qisqaradi va "ochlik og‘riqlari" paydo bo‘ladi, shuningdek, shilliq qavatni bezovta qiladigan xlorid kislota ishlab chiqariladi.

Markaz mutaxassislari tushlikni o‘tkazib yubormaslikni maslahat berishdi. Shu bilan birga, ular sho‘r ovqatni iste’mol qilinganda oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, juda yog‘li ovqat  esa – ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Mutaxassislar oz miqdorda meva, sabzavot, yong‘oq va achchiq shokoladni iste’mol qilish ish paytda eng yaxshi qisqa ovqatlanish deb atashdi.

Yangiliklar lentasi
0