Olimlar erta o‘lim xavfini oshiradigan ichimliklarni aniqladi

CC0 / pixabay / Proxladitelnie napitki
Proxladitelnie napitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar 16-yil davomida ko‘p sonli odamlar guruhining ovqatlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plab, erta o‘lim xavfini oshiradigan ichimlikni topdilar.

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar erta o‘limga olib kelishi mumkin. Bu haqda Live Science nashri xabar qildi.

Molodie lyudi seluyutsya - Sputnik O‘zbekiston
Eng baxtli odamlar toifasiga kimlar kiradi - britaniyalik olim tadqiqoti

Tadqiqotda Yevropaning 10 ta davlatidan yevropaliklar ishtirok etdi. Sinovga 450 ming ko‘ngillilar jalb qilindi. Statistik ma’lumotlar 16-yil davomida to‘plandi.

Ekspertlar iste’mol qilinadigan mahsulotlar, bo‘y, og‘irlik, turmush tarzi va zararli odatlarning borligiga e’tibor qaratishdi.

Olimlar noxush xulosaga keldi: shakarsiz yoki shakar o‘rnini bosadigan moddalar bilan alkogolsiz ichimliklarni iste’mol qilish erta o‘lim xavfini 17 foizga oshiradi.

Shu bilan birga, shakarli gazli suvni afzal ko‘rganlar, ko‘pincha ovqat hazm qilish tizimi kasalliklaridan, parhez suvini yaxshi ko‘radiganlar esa yurak va qon tomirlari kasalliklaridan aziyat chekadi.

Yangiliklar lentasi
0