Shavkat Mirziyoyev Kavkaz Musulmonlar idorasi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Upravleniya musulman Kavkaza
Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Upravleniya musulman Kavkaza  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi O‘zbekistonda islom olamining boy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga yuqori baho berdi. 

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Bokuda Kavkaz musulmonlar idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. 

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, ta’lim va yoshlarning ma’naviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Mirziyoyev bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston prezidentining islom olamining boy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha tashabbuslari va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi. 

Ollohshukur Poshshozoda ikki mamlakat o‘rtasida va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0