Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya s prezidentom Azerbaydjana
Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuga kelgach, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar. Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimiz Turkiy kengashga qo‘shilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14 - 15-oktabr kunlari Bokuda Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ushbu tashkilotning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Kengash sammitida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston hamda kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etadi.

 

Yangiliklar lentasi
0