Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil
Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgartirish 2019-yil 2-oktabrdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan mehnat muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Farmon 19-sentabr kuni huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilindi.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Kadrlar hammaga kerak: professionallar Rossiya pasportini tezlashtirilgan tartibda oladi

RF fuqaroligini olish uchun ariza bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan mutaxassislarning minimal ish faoliyati muddati 3-yildan 1-yilgacha etib qisqartirildi. O‘zgarishlar birinchi navbatda malakali kadrlarni qamrab oladi.

Tegishli mutaxassisliklar ro‘yxati Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatda shifokorlar ham, muhandislar ham, tokarlar ham, elektriklar ham bor.

Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgartirish 2019-yil 2-oktabrdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasi uchinchi o‘qishda malakali migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtiruvchi qonunni qabul qilgani xabar qilingan edi. Mazkur qonun loyihasi 2018-yil 7-iyundagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning so‘ng Vladimir Putin topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan. Hujjat yuqori malakali xorijliklarni Rossiyada ishlashga jalb etishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0