Budjet hisobidan mashina sotib olingan: Toshkent viloyatida mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“D.B.S” MChJ rahbari tomonidan o‘zlashtirilgan budjet mablag‘lari hisobidan “Chevrolet Laccetti” rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Toshkent viloyatida aniqlangan talon-toroj holati yuzasidan xabar qildi.

Koran - Sputnik O‘zbekiston
Noyob “Qur’on” kitobini O‘zbekistondan olib chiqishga yo‘l qo‘yilmadi - video

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “D.B.S” MChJ tomonidan Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida shartnomada ko‘rsatilgan rekonstruksiya ishlari bajarilmagan bo‘lsada, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 mlrd. so‘m o‘tkazib berilib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

“D.B.S” MChJ rahbari tomonidan o‘zlashtirilgan budjet mablag‘lari hisobidan “Chevrolet Laccetti” rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan “D.B.S” MChJ rahbari X.R., “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0