Noyob “Qur’on” kitobini O‘zbekistondan olib chiqishga yo‘l qo‘yilmadi - video

© Sputnik / Abzal KaliyevV rukax u Aniyash apa Koran
V rukax u Aniyash apa Koran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiymati 200 ming dollar bo‘lgan 500-yil oldin yozilgan “Qur’on” kitobi O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqish vaqti ushlab qolindi.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Farg‘ona viloyati Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qimmatbaho kitobni O‘zbekistondan olib chiqishga bo‘lgan urinish to‘xtatib qolindi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, buxorolik Farrux Sharapov ismli 49 yoshli fuqaro noyob “Qur’on” kitobini sotish vaqti qo‘lga olindi. Sharapov ushbu kitobni 150 ming dollarga Qirg‘iziston fuqarosiga sotmoqchi bo‘lgan.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi o‘tkazgan tekshiruvda ushbu Qur’on kitobi XVI asrda Mulla Yusuf Saxxof tomonidan Samarqand husnixati uslubida yozilgan. 19-asr oxiri 20-asr boshlaida kitob ta’mirlangan. Bugungi kunda uning qiymati 1 mlrd. 880 mln. so‘mni (200 000$) tashkil qiladi. 

Ushbu Qur’on kitobi O‘zbekistondan olib chiqish ta’qiqlangan kitoblar ro‘yxatiga kiradi. Ayni damda kitob O‘zbekiston tarixi muzeyiga topshirilgan. Farrux Sharapov ustidan esa sudgacha tergov amaliyoti olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0