O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida bayonnoma imzolandi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov prinyal uchastie v seremonii podpisaniya Protokola ob obmene gramotami o ratifikatsii Dogovora mejdu Respublikoy Uzbekistan, Respublikoy Kazaxstan i Turkmenistanom o rayone tochki stika Gosudarstvennix granis trox gosudarstv
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastie v seremonii podpisaniya Protokola ob obmene gramotami o ratifikatsii Dogovora mejdu Respublikoy Uzbekistan, Respublikoy Kazaxstan i Turkmenistanom o rayone tochki stika Gosudarstvennix granis trox gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida uch mamlakat Davlat chegaralarining tutash nuqtasi hududi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi yorliqlarni almashish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolash marosimida ishtirok etdi.

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Ashxobod shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida uch mamlakat Davlat chegaralarining tutash nuqtasi hududi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi yorliqlarni almashish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolash marosimida ishtirok etdi.

Shartnoma 2017-yil 10-noyabrda Samarqand shahrida imzolangan

“Hujjatni, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ham imzoladilar”, - deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, imzolangan bayonnomaga ko‘ra bitim 2019-yil 10-oktabrda kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0