TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonda shakar qimmatlasha boshladi.
Joriy yilda ilk bor shakarning maksimal narxi 7000 so‘mga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Mahalliy shakar narxining o‘zgarishi iyul oyida ma’lum qilingan edi.
Bunga 1-oktabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha imtiyozlar, jumladan, import qilinganda ham) bekor qilinishi sabab bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan oy shakarning maksimal narxi 6500 so‘m deya qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya O‘zbekistondan 200 ming tonna shakar yetkazib berish uchun kvota so‘rayotgani xabar qilingan edi.