TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Bangladesh politsiyasi xotini sochini qirib tashlagan erkakni hibsga oldi. Bu haqda RIA Novosti globalpunjtv nashriga asosan xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, qishloq aholisi ayolga nisbatan zo‘ravonlik haqida shikoyat bilan politsiyaga murojaat qilgan.
Politsiya boshlig‘i Shariar Xan so‘zlariga ko‘ra, er turmush o‘rtog‘i tayyorlab bergan nonushtada sochni topadi.
“Uning jahli chiqdi, keyin piskani olib, majburan xotini sochini qirib tashladi”, - deydi politsiyachi.
Erkakka og‘ir shikast yetkazilik yuzasidan ayblov e’lon qilindi va u 14-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.