TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Qozogʻistonlik erkak oʻgʻlining sochini yomon kaltalatgani uchun sartaroshlar sochini kal qilib olishga majburladi. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.
Taʼkidlanishicha, hodisa Nur-Sultonda sodir boʻldi. Erkak sartaroshxonaga bita bilan kelib, ikkita sartaroshni biri-birini sochini toʻliq olib tashlashga majbur qildi. Sartarashxona egasiga ham shu chora koʻrildi.
Keyinchalik zoʻrovon erkak uyi yaqinida kaltaklandi va sodir etgan ishi uchun kechirim soʻrashga majburlandi.
Tarmoqda video tarqaldi. Bu lavha boʻyicha politsiya izoh berdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Nur-Sultonda sartarosh ustalar va mijoz oʻrtasida yuz bergan mojaro tasvirga olingan video tarqaldi. Hozirgi vaqtda mojaro ishtirokchilar shaxsi aniqlandi, surishtiruv olib borilmoqda”, - deb taʼkidlandi poytaxt politsiya departamentida.
Taʼkidlanishicha, hodisa ishtirokchilaridan hech biri politsiyaga ariza bilan murojaat qilmadi.