“Birga ichishdi”: Toshkentda janjal qotillik bilan yakunlandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVodka.
Vodka. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qotillik holati yuzasidan 42 yoshli fuqaroga nisbatan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati 8-oktabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanida yuz bergan qotillik haqida xabar qildi.

Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda padarkush otasini pichoqlab o‘ldirdi

“08.10.2019 yil soat 18:30 larda fuqaro S.L. (1977 y.t.) o‘zining Yunusobod tumani, 12-mavzedagi xonadonida tanishi I.K. (1967 y.t.) bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtasida o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, u oshxona pichog‘i bilan I.K.ning bo‘yin qismiga bir necha marotaba pichoq bilan urib, qasddan o‘ldirgan”, - deyilgan xabarda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.L.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0