Jizzaxda padarkush otasini pichoqlab o‘ldirdi

CC0 / pixabay / Siluet cheloveka s nojom v ruke
Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax shahri Madaniyat mahallasida 32 yoshli erkak otasini pichoqlab qo‘ydi. Shahar prokuraturasi jinoyat ishini qo‘zg‘atdi.

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Kuni kecha Jizzax shahri Madaniyat mahallasida qotillik sodir etildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Cho‘ntakdagi pichoq nimaga kerak?

Xabarda aytilishicha, 03.10.2019 yil soat 16:00 larda fuqaro T.M. (1987 y.t.) otasi M.A. (1964 y.t.) bilan Jizzax shahri, Madaniyat mahallasida spirtli ichimlik ta’sirida o‘zaro janjal kelib chiqib, oshxona pichog‘i bilan otasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib jarohat yetkazganligi oqibatida M.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0