TOShKENT, 22 avg – Sputnik. “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra:
- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda ko‘p kvartirali uylardan respublika bo‘yicha jami 3 462 ta xonadon ajratiladi;
- mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan kreditlarni qaytarishni “Aziya invest bank” AJ va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan, elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmi joriy qilinadi.
2019 yil 1-oktabrdan:
- mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020 yillarda 10 foiz va 2021-yilda 12 foiz stavkada 2 mln so‘m miqdorida 1-yil muddatga mikroqarzlar berish;
- sug‘urta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinchalik mehnat migrantlari hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun har bir mehnat migranti uchun 50 000 so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.
Farmonga muvofiq:
- Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi;
- Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.
Farmon bilan:
- 2019-yil 1-oktabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida “labor-migration” dasturiy majmuasini joriy etilishi;
- Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migrantlariga taqdim etilishi belgilandi.