TOShKENT, 8 okt – Sputnik. IIBB “Telegram”da maktab o‘quvchilarining onalari bir birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabar yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga (“Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari”) muvofiq, IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.
Hozirgi vaqtda dastlabki tergov tekshiruvlari olib borilmoqda, ushbu xabarlarni tarqatuvchi “Telegram” kanalidagi guruh ishtirokchilari so‘roq qilinmoqdalar.
“Tezkor chora ko‘rilishi uchun barcha fuqarolarimizdan huquqbuzarliklar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni 102 raqamiga, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga, maktab direktoriga xabar qilishlarini so‘raymiz. Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda va guruhlarda shov-shuv ko‘tarib, vahima qilishning keragi yo‘q”, - deyiladi IIBB xabarida.