Internet orqali tanishuv tobora xatarli bo‘lmoqda – Britaniya OAVlari

Obuna bo‘lish
So‘nggi uch yil ichida mamlakatda internet orqali tanishib, jabr ko‘rganlar soni ikki baravarga ko‘paydi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniyada onlayn-tanishuv bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar o‘sishi qayd etildi, deb xabar qilmoqda The Daily Mail nashri.

Haftasiga internet orqali tanishuvdan so‘ng jabrlangan 20 nafardan ortiq kishi politsiyaga murojaat qilmoqda. Agar 2015-yilda shunga o‘xshash 422 ta murojaat qayd etilgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib ushbu ko‘rsatgich 1087 gacha o‘sdi. Bular hammasi rasmiy ma’lumotlar, xolos.

Devushka sidit s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda plastik operatsiyadan keyin xunuk bo‘lib qolgan bloger qiz o‘z joniga qasd qildi

Politsiyaga qilingan murojaatlar tafsilotlari ochiqlanmagan, biroq nashrning yozishicha, onlayn-tanishuvga bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning taxminan uchdan biri jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlardan iborat. Ta’kidlanishicha, tanishuv ilovalaridan firibgar va zo‘ravonlar foydalanishadi.

44 yoshli britaniyalik Anna Rou “Tinder” ilovasi orqali Entoni Rey ismli erkak bilan tanishgani va u bilan yarim yil davomida gaplashgani, so‘ngra “soxta” erkak bilan suhbatlashib yurganini bilib qolganini ochiq ravishda ma’lum qiladi. Shundan keyin bu muammoga e’tibor qaratishadi. Ma’lum bo‘lishicha, “Entoni Rey” bollivud yulduzi Saif Ali Xon suratini o‘ziniki qilib ko‘rsatgan.

Endilikda Rou Buyuk Britaniya hukumatidan qonunan soxta akkauntlarni taqiqlab qo‘yishini talab qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0