TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiya 2019-yilda rekord miqdordagi mehnat migrantlarini qabul kiladi, deb ma’lum qildi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti laboratoriya mudiri Yelena Yegorova.
Joriy yil yanvar-iyul oylarida migrantlar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki baravarga oshganligi va 153 ming 912 kishini tashkil qilgani aniqlandi.
“Bu so‘nggi besh yilda eng yuksak ko‘rsatkich”, - deya ta’kidladi tadqiqotchi.
Uning fikricha, 2019-yil bo‘yicha xulosa bir yillik ko‘rsatkichlarning taqqoslanishi asosida qilingan. Ehtimol qilinishicha, qolgan oylarda migratsiya o‘sish sur’atlari avvalgi holida qoladi.
Mehnat migrantlari sonining o‘sish sabablari qatorida statistik hisobotlarning yangi shakllari kiritilgani va migrantlarning vaqtincha ro‘yxatga turishga imkoniyatlari paydo bo‘lganligi qayd etildi. Qolaversa, 2018-yil yanvar-iyul oylariga solishtirganda, bu yilgi ko‘rsatkich bo‘yicha yurtlariga qaytib ketayotganlar (4%dan kam) soni kamayib, kelayotganlarniki (19%ga ko‘p) esa oshmoqda.
E.Yegorovaning so‘zlariga qaraganda, migrantlar orasida MDH a’zo-davlatlari – O‘zbekiston, Tojikiston, Ukraina va Armeniya fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Rossiyaning qaysi mintaqasida migrantlar uchun eng qimmat patent joriy etilgan?
“Boshqa davlatlardan kelayotganlar o‘rganilganda, ko‘proq Xitoy, Serbiya va Siriyadan xohlovchilar talaygina ekanligi aniqlandi”, - dedi Yegorova.
Rossiyaga kelayotganlar orasida quruvchilik, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, uy-joy kommunal xo‘jaligi, avtomobil yo‘llar qurilishi kabi sohalar hali-hanuz aktual bo‘lib qolmoqda.
“Bunga qarama-qarshi o‘laroq, kiritilgan sanksiya va ta’qiqlar tufayli, Yevropa va rivojlangan dunyo mamlakatlaridan yuqori malakali chet el fuqarolarining Rossiyaga kelishida pasayish kuzatilmoqda”, – qo‘shimcha qildi ekspert.
Birmuncha vaqt ilgari, RF hukumat apparati rahbari muovini Sergey Prixodko Rossiyaga har yili 2,5 million o‘zbekistonlik kirib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot bergandi. Rossiya Federatsiyasi subyektida ishlash uchun O‘zbekiston fuqarosi Rossiya IIVning hududiy bo‘linmasida mehnat qilish huquqini beruvchi maxsus patentni rasmiylashtirishi kifoya qiladi.