"Nodira nega o‘z joniga qasd qildi?": Turkiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz voqeasi

© UPLZagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii
Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Halok bo‘lgan Nodira Qodirovaning yaqin dugonasini so‘zlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilmasidan bir oz oldin, turkiyalik deputat Nodira bilan bitta xonada qamalgan bo‘lgan

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Turkiyada o‘z joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik qiz voqeasi yangi-yangi tafsilotlar bilan boyimoqda: halok bo‘lgan Nodira Qodirovaning dugonasi Leyla bor haqiqatni so‘zlab berdi, deb yozadi Upl.

Noj v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Peterburgdagi fast-fud restoranida o‘zbekistonlik jasadi topildi

Eslatib o‘tamiz, OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yashar Nodira Qodirova Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unal tufayli su’iqasd sodir etgan. Nodira deputatning uyida uning kasalmand rafiqasini parvarishlash bilan band bo‘lgan.

26-sentabr kuni prokuratura ushbu hodisani o‘rganishni boshlagan, shuningdek, Nodirani fohishalik bilan shug‘ullanishda ayblagan, uning dugonasi Leyla esa Nodirani shu ish bilan shug‘ullanishga majburlashda ayblanmoqda.

Bir necha kun oldin prokuratura xodimlari Leylani so‘roqqa chaqirgan va u Nodira o‘z joniga qasd qilmasidan bir oz oldin unga qo‘ng‘iroq qilgan va ko‘zlarida yosh bilan qandaydir yomon voqea sodir bo‘lganligini aytib, baqirib yig‘lagan.

"Hammasi haqida batafsil gapirib berishini so‘rashimga qaramasdan, Nodira hech narsani aytmagan va faqat yig‘lagan. U faqatgina xo‘jayin uning xonasiga kirganini, eshikni yopganini va uni quchoqlaganini aytgan. Men Nodiradan davomi haqida so‘radim, lekin u hech narsa bo‘lmaganini aytdi va xo‘ngrab yig‘lashda davom etdi. U faqat o‘z joniga qasd qilishni istashini takrorlardi", - degan Leyla.

Leylaning o‘zi Turkiya prokuraturasining qizlarga qo‘yilayotgan fohishalik bilan shug‘ullanishayotgani haqidagi bayonotlarini rad etmoqda. Qiz Toshkentga tekstil yuborish bilan kun kechirayotganini qo‘shimcha qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Istanbulda 1992-yil tug‘ilgan o‘zbekistonlik qizning jasadi gilamga o‘ralgan holatda topilgan edi.

Turkiya, Bolgariya va Ruminiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari zarurat tug‘ilganida Istanbuldagi respublika Bosh konsulligiga +90 212 323 20 37 i +90 212 229 00 75 raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0