Ilk bor o‘tkazilgan “Razvedka reydi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVpervie v masshtabe Ministerstva oboroni provedeno sorevnovanie “Razvedivatelniy reyd”
Vpervie v masshtabe Ministerstva oboroni provedeno sorevnovanie “Razvedivatelniy reyd” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxdagi “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida razvedka bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada jami 11 ta jamoa ishtirok etdi.

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Mudofaa vazirligi razvedkachilari o‘rtasida ilk bor “Razvedka reydi” musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabar qildi.

Jizzax viloyatidagi “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida razvedka bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada vazirlikning barcha harbiy okrug hamda oliy harbiy ta’lim muassasalaridan jami 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa uch bosqichda o‘tkazildi. Dastlab, harbiy qism, so‘ngra harbiy okrug miqyosida g‘olib bo‘lgan jamoalar yakuniy bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Yakuniy bosqichda esa ular 10 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Zanyatie verxovoy yezdoy - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbari o‘zbek zotdor otlarini e’tirof etdi

Dastlab guruhlarning belgilangan hududga chiqish va jangovar vazifani bajarishga shayligi ko‘zdan kechirilgach, harbiy xizmatchilar 7,5 kilometrlik masofaga og‘irligi 35 kilogramga yaqin bo‘lgan yuk qopi bilan marsh yurdi. Mashg‘ulot shartiga ko‘ra, har bir jamoa yuqori qo‘mondonlikdan berilgan maxsus vazifalarga asosan shartli dushman joylashgan hududni aniqlash va qaror ishlab chiqish vazifalarini bajardi.

Shuningdek, marsh yurish davomida minalashtirilgan yo‘laklardan betalofat odimlash, jangda yaralangan harbiy xizmatchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish va uni bir yarim kilometr masofaga evakuatsiya qilish sinovlaridan o‘tdi. Bemorga jgut, bog‘lov, og‘riq qoldiruvchi ukol va shina qo‘yishda jamoalardagi feldsherning mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi. Shundan so‘ng uch kilometr uzoqlikdagi joylashuv hududiga yetib borish, u yerda qo‘riqlov o‘rnatish va guruh shaxsiy tarkibiga vaqtinchalik yashash joyini hozirlash, dala sharoitidan kelib chiqqan holda, zarur imkoniyatlar yaratish singari shartlarni muvaffaqiyatli ado etdi.

Razvedchiki Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston razvedkachilari Qozog‘istonda "Kumush ukki" sohibi bo‘lishdi

Jamoalarning har bir harakati Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlaridan tayinlangan hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholab borildi.

Sakkiz kun davom etgan musobaqada ishtirokchilar uchun shartlar bosqichma-bosqich oddiydan murakkablashib bordi.

Real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazilayotgan musobaqa doirasida harbiy xizmatchilar azimut bo‘yicha o‘n kilometr masofaga harakatlanish, kimoviy zararlangan hududlardan himoyalanish, ruhiy tayyorgarlik yo‘laklaridan o‘tdi. 

Yakuniy natijalariga ko‘ra, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlariga qarashli jamoalar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasiga nasib etdi. G‘oliblarga diplom, kubok, medal va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0