Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbari o‘zbek zotdor otlarini e’tirof etdi

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaZanyatie verxovoy yezdoy
Zanyatie verxovoy yezdoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni general-mayor Kaydar Karakulov boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev Qozog‘iston harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Qozog‘iston “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni general-mayor Kaydar Karakulov harbiy delegatsiyaga boshchilik qilgan.

Suhbat davomida mudofaa sohasida o‘zbek-qozoq hamkorligining istiqbollari muhokama qilinib, harbiy yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikrlar almashildi.

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaO‘zbekiston Mudofaa vazirligi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev Qozog‘iston harbiy delegatsiyasini qabul qildi.
Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbari o‘zbek zotdor otlarini e’tirof etdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev Qozog‘iston harbiy delegatsiyasini qabul qildi.

Polkovnik Dilshod Choriyev mehmonlarni harbiy okrugning funksiya va vazifalari bilan tanishtirib, ularga Mudofaa vazirligi uchun harbiy mutaxassislarni tayyorlash tizimi hamda okrug harbiy xizmatchilarining respublika va xalqaro harbiy musobaqalardagi yutuqlari haqida aytib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston tomonidan Qozog‘iston harbiylari bilan kelgusida hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, harbiy san’at mutaxassislari bilan treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi.

Rasmiy yig‘ilishdan keyin mehmonlar Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalar bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif davomida harbiy xizmatchilarning mini-poligondagi amaliy mashg‘ulotlari, xizmat otlarini minishni o‘rgatish bo‘yicha mashqlar ko‘rsatildi.

“Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni tomonidan zotdor otlar e’tirof etildi. Harbiy qismlarning infratuzilmasi hamda o‘quv- moddiy baza Qozog‘iston harbiy delegatsiyasida iliq taassurot qoldirdi”, - deyiladir xabarda.

Shuningdek, ular uchun I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat muzeyi hamda Xivadagi Ichan-qal’a bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Yangiliklar lentasi
0