"Qizim singari edi" - turkiyalik deputat ko‘rsatmasi

© BBCDeputat Partii spravedlivosti i razvitiya Tursii Shirin Unal
Deputat Partii spravedlivosti i razvitiya Tursii Shirin Unal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nodira so‘nggi vaqtlarda o‘zini g‘alati tuta boshlagandi, gohida hech qanday sababsiz yig‘lardi, goh kulardi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Turkiyalik deputat Shirin Unal o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘limi haqida bosh prokurorga qanday ko‘rsatma bergani OAVga ma’lum bo‘ldi, ODATV xabari asosida. 

"Nodira so‘nggi vaqtlarda o‘zini g‘alati tuta boshlagandi. Gohida hech qanday sababsiz yig‘lardi, gohida kulardi. Men uni psixiolog ko‘rigiga olib borishga qaror qildim, endi davolanishni boshlagandi. U menga qizimdek bo‘lib qolgan edi.

Voqea sodir bo‘lgan kun uyda to‘pponcha yo‘qolib qoldi. Butun uyni qidirib chiqdik. Nodiradan so‘raganimda, u asabiylasha boshladi va qurol unda emasligini aytdi. Men to‘pponcha unda ekanini darhol tushundim. Hozir akanga qo‘ng‘iroq qilaman, unga o‘zing hisobot berasan, deb pastga tusha boshlaganimda o‘q tovushini eshitdim",  -  degan deputat o‘z ko‘rsatmasida. 

Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
"Nodira nega o‘z joniga qasd qildi?": Turkiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz voqeasi

Voqea sodir bo‘lganiga 10 kun bo‘ldi, ammo deputat hali-hanuz OAVga ochiq bayonot berganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya hukumatida ko‘pchilikni tashkil etgan Adolat va Tiklanish partiyasi deputati Shirin Unalning Anqaradagi uyida uning ayoliga qaragan 23 yashar Nodira Qodirova bir necha kun muqaddam o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.

TIV Anqarada o‘z joniga qasd qilgan qiz haqida rasmiy ma’lumot berdi

Yangiliklar lentasi
0