Yaponiya O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda yordam beradi

© Ministerstvo po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiyYaponiya pomojet Uzbekistanu razvit sferu informatsionnix texnologiy
Yaponiya pomojet Uzbekistanu razvit sferu informatsionnix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Zamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Dilshod Axatov vstretilsya s deputatami Palati predstaviteley Parlamenta Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Axatov Yaponiya deputatlari bilan ikki tomonlama munosabatlar istiqbolini muhokama qildi

“O‘zbekiston Yaponiya bilan strategik sheriklik munosabatlari ruhida har tomonlama o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi”, - AKT vaziri Shuhrat Sodiqov.

Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, Yaponiya kompaniyalarida O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kamilov va Yaponiyaning maxsus vakili bo‘lajak oliy darajalardagi uchrashuvlarni muhokama qildi

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0