Axatov Yaponiya deputatlari bilan ikki tomonlama munosabatlar istiqbolini muhokama qildi

© MID UzbekistanaZamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Dilshod Axatov vstretilsya s deputatami Palati predstaviteley Parlamenta Yaponii
Zamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Dilshod Axatov vstretilsya s deputatami Palati predstaviteley Parlamenta Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yaponiya parlamenti vakillar palatasi deputatlari bilan uchrashdi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yaponiya parlamenti vakillar palatasi deputatlari Fumiaki Kobayashi, Yasutaka Nakasone, Taro Honda va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi Demokratik siyosat tadqiqot instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Vid na gorod Tokio  - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyuradi

Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Yaqin parlamentlararo aloqalarning ko‘p qirrali O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini kengaytirish, turli sohalarda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi muhim roli e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Kamilov va Yaponiyaning maxsus vakili Hideki Uyama bilan bo‘lajak oliy darajalardagi uchrashuvlarni muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0