Samarada musulmonlar Butunjahon halol kunini nishonlashdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishxalyal
xalyal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon halol kuni oltinchi marta nishonlanmoqda, bu yil ilk bor bayram maydoni sifatida Rossiya tanlandi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Bugun Samarada musulmonlar Butunjahon halol kuni nishonlashdi.

Musulmanka - Sputnik O‘zbekiston
Malayziyada dunyoda birinchi "halol" internet - brauzer yaratildi

Xalqaro tadbir 5-oktabrgacha davom etadi, unga dunyoning 20 tadan ortiq davlatdan vakillar tashrif buyurdi.

Butunjahon halol kuni oltinchi marotaba nishonlanmoqda, bu yil ilk bor bayram maydoni sifatida 20 milliondan ortiq musulmon yashaydigan mamlakat - Rossiya tanlandi.

Bundan avval tadbir Buyuk Britaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Singapur va Xorvatiyada o‘tkazildi. Samarada 500 dan ortiq ishtirokchi – yirik chakana savdo tarmoq rahbarlari, ishbilarmonlar, Fors ko‘rfazi, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning moliya sohasidagi mutaxassislari yig‘ilishi kutilmoqda.  

Uch kun davomida halol sanoatining holati muhokama qilinadi va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro tajriba almashiladi.

Bundan tashqari, Kuybishev maydonida halol sifatiga mos mahsulot va xizmatlarning xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik halol ishlab chiqaruvchilar ko‘plab musulmonlar yashaydigan Markaziy Osiyo bozorlariga qiziqish bildirishgan. Ular hatto Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0