TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Shu kunlarda Toshkentda Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Oleg Baranov boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tanishuv tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston IIV o‘rinbosari Rustam Jo‘rayev bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, tashrif doirasida Toshkent IIBB va Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi o‘rtasida idoralar aloqalari tarixida ilk bor Anglashuv memorandumi imzolandi.
Tomonlar hamkorlik sohalarini mustahkamlash va kengayshtirishni rejalashtirmoqda.
Odam savdosi, narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, terrorizm kabi transmilliy jinoyat turlariga qarshi kurashish yo‘lida qo‘shma harakatlarni chuqurlashtirish ko‘zda tutilgan.
Delegatsiya tarkibida, shuningdek, RF IIV yordamchisi politsiya polkovnigi Irina Volk va OAV hamda jamoatchilik bilan aloqalar uchun mas’ul bo‘linmalar vakillari ham tashrif buyurgan.