TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent IIBB internetda ommaga e’lon qilingan jinoyatga moyil bo‘lgan, xavfli toifadagi ayollar ro‘yxati bo‘yicha o‘z rasmiy bayonotini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxat internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuv ko‘targan edi.
Muassasa xabariga ko‘ra, ro‘yxat xato talqin qilingan. Buning sababi esa, hozirda chindan xatarli toifaga kiruvchi xotin-qizlar va ijtimoiy muhofaza hamda huquqiy yordamga muhtoj ayollarning bitta ro‘yxatga tushib qolganligida.
Ular bitta ro‘yxatda jamlanmasligi kerak edi, fuqarolarimizning e’tirozlari tushunarli, deb ta’kidlagan IIBB matbuot-xizmati.
"Yo‘l qo‘yilgan xatolik va buning oqibatida vujudga kelgan anglashilmovchilik uchun uzr so‘raymiz", - deyiladi bayonotda.
Toshkent hokimligi xodimi Basitxanovadan nega uzr so‘radi? >>>
Ilgariroq, Toshkent hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ushbu ro‘yxat tufayli Bosh vazir o‘rinbosari Elmira Basitxanovaga o‘z uzrini keltirgan edi.